WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
26 MayMayMay 2025 98 ko'rishlar

Rektor talabalar turar joyini koʻzdan kechirdi va bemor talabadan hol soʻradi

Qoʻqon davlat universiteti rektori Dilnoza Xodjayeva talabalar turar joylarida boʻlib, u yerdagi yashash sharoitlarini koʻzdan kechirdi hamda talabalar bilan bevosita suhbatlashdi. Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad – talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning muammolari va ehtiyojlarini oʻrganish, shuningdek, talaba-yoshlardan takliflar olishdan iborat boʻldi.

Tashrif chogʻida rektor ayni paytda sogʻligʻini tiklayotgan talaba Sevinch Abdumajidovaning holidan ham shaxsan xabar oldi. Unga tez fursatlarda sogʻayib, oʻqish jarayoniga qaytishini tiladi.

Dilnoza Xodjayeva har bir xonani koʻzdan kechirar ekan, talabalar bilan ochiq va samimiy suhbatlashdi, ularning fikr-mulohazalarini tingladi.

“Sizlarning farovon yashashingiz va yaxshi oʻqishingiz biz uchun ustuvor vazifa hisoblanadi. Shuning uchun har biringizga alohida eʼtibor qaratamiz.” – dedi rektor.

Yakunida talabalar bildirgan fikr va takliflar asosida tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Boshqa yangiliklar