WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
22 IyunIyunIyun 2026 19 ko'rishlar

Universitetimizga Seul milliy fan va texnologiyalar universiteti rektori tashrif buyurdi

Farg‘ona davlat texnika universitetiga Janubiy Koreyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Seoul National University of Science and Technology (SeoulTech) rahbariyati va delegatsiyasi rasmiy tashrif buyurdi.


🔹Tashrif davomida mehmonlar milliy qadriyatlarimiz va an’analarimiz asosida tantanali ravishda kutib olindi. Dastlab delegatsiya vakillariga universitet talabalari va yosh olimlari tomonidan yaratilgan innovatsion ishlanmalar, ilmiy loyihalar hamda zamonaviy texnologik yechimlar namoyish etildi. Mehmonlar taqdim etilgan ishlanmalarning amaliy ahamiyati va innovatsion salohiyatiga yuqori baho berdilar.

🖇Shuningdek, SeoulTech delegatsiyasi a’zolari talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, Janubiy Koreya ta’lim tizimi, ilmiy izlanishlar va xalqaro hamkorlik borasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Uchrashuv talabalar uchun motivatsion ruhda o‘tib, ularda yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.

✨Shundan so'ng, universitetning 1-galereyasida oliygohning navbatdagi ilmiy kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi. Kengash davomida SeoulTech universiteti rektori Kim Dongxvanga Farg‘ona davlat texnika universitetining Faxriy professori unvoni topshirildi. Mazkur yuksak e’tirof ikki universitet o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik, o‘zaro hurmat va istiqbolli hamkorlikning yorqin timsoli sifatida e’tirof etildi.

Marosim davomida Kim Dongxvan samimiy fikrlari bilan o‘rtoqlashar ekan, yoshlik davrining qadriga yetish, ta’lim olish uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish va doimiy izlanishda bo‘lish har bir talabaning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun muhim omil ekanini alohida ta’kidladi.

Boshqa yangiliklar