27 MayMayMay 2024
43 ko'rishlar
Qoʻqon davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari va ishchi-xodimlari oʻrtasida oʻtkazilgan mini-futbol boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqasi yakuniga yetdi.
Jami 9 ta jamoa gʻoliblik uchun bahs olib borgan musobaqa finaliga Ilmiy+Oʻquv boʻlimi, Xoʻjalik boʻlimi va Jismoniy madaniyat fakulteti jamoalari yetib keldi.
Hal qiluvchi bahsda Ilmiy+Oʻquv boʻlimi va Jismoniy madaniyat fakulteti jamoalari maydonga tushdi. Qizgʻin va murosasiz bahsda Ilmiy+Oʻquv boʻlimi Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi ustidan 7:4 hisobida gʻalabaga erishib, musobaqa gʻolibiga aylandi.