22 MayMayMay 2026
6 ko'rishlar
Buxoroda O‘zbekiston–Turkiya IV rektorlar forumining ikkinchi kuni boshlandi
Buxorodagi xalqaro forumning ikkinchi kunida Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova ma’ruza bilan ishtirok etmoqda.
Bugun, 22-may kuni Buxoro shahrida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston–Turkiya IV rektorlar forumining ikkinchi kuni o‘z ishini boshladi. Mazkur nufuzli tadbirda ikki davlatning yetakchi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilmoqdalar. Forum doirasida Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova ma’ruza bilan ishtirok etib, universitetlararo akademik va ilmiy aloqalarni mustahkamlash borasidagi taklif hamda mulohazalarini bayon qildi.