Aniq va tabiiy fanlar fakultetida “Bahor malikasi” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi
Talaba-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Aniq va tabiiy fanlar fakultetida “Bahor malikasi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Tadbirni Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Zarina Boytemirova ochib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi hamda ushbu tanlov yoshlarning o‘z qobiliyat va iste’dodlarini namoyon etishlarida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Tanlov ishtirokchilari bir-biridan qiziqarli shartlar bo‘yicha bellashib, o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Har xil mavzulardagi chiqishlar, qo‘shiqlar, raqslar va ijodiy ishlar tomoshabinlarga yuqori kayfiyat ulashdi.
Hakamlar hay’ati ishtirokchilarning chiqishlarini xolisona baholab bordi. Yakunda Ruxsoraxon Tursunboyeva “Bahor malikasi” tanlovining mutlaq g‘olibiga aylandi. G‘olib va barcha ishtirokchilar esdalik sovg‘alari hamda diplomlar bilan taqdirlandilar.
Ushbu tanlov fakultetdagi iqtidorli va faol talaba-qizlarni rag‘batlantirish bilan birga, ularga o‘z qobiliyatlarini keng namoyon etish imkonini berdi.