Qo‘qon davlat universiteti talabalari malakaviy amaliyotga yo‘naltirildi
Qo‘qon davlat universitetining 2-bosqichida tahsil olayotgan jami 2529 nafar talaba malakaviy amaliyotga yuborildi. Amaliyot jarayonlari universitetning o‘quv reja va tasdiqlangan jarayon jadvali asosida tashkil etilmoqda
Talabalar Qo‘qon shahri hamda unga yaqin tumanlardagi bir qator ta’lim va madaniyat muassasalarida amaliyot o‘tashlari belgilangan. Jumladan, ular texnikumlar, musiqa va san’at maktablari, bolalar va o‘smirlar sport maktablari, umumta’lim maktablari, shuningdek maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tajriba orttiradilar.
Malakaviy amaliyot 2025-yil 1-dekabrdan 20-dekabrgacha davom etadi. Ushbu jarayon talabalar uchun nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda o‘z mutaxassisliklariga oid real ish jarayonlari bilan tanishish imkonini beradi.