NamDTU prorektori O‘zbekiston–Vengriya uchinchi rektorlar forumida ishtirok etmoqda
NamDTU prorektori O‘zbekiston–Vengriya uchinchi rektorlar forumida ishtirok etmoqda
NamDTU prorektori O‘zbekiston–Vengriya uchinchi rektorlar forumida ishtirok etmoqda
Samarqanddagi "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Raqamli davrda oliy ta’lim: sun’iy intellekt, innovatsion modellar va global raqobatbardosh universitetlar” mavzusida O‘zbekiston–Vengriya uchinchi rektorlar forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur forumda Namangan davlat texnika universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Ilhomjon Abdurahmanov ham ishtirok etmoqda.
Forum doirasida yalpi majlis hamda ikki yo‘nalishda parallel sessiyalar tashkil etilib, quyidagi masalalar muhokama qilindi:
🔹 sun’iy intellekt va raqamli transformatsiya;
🔹 innovatsion ta’lim modellari;
🔹 universitetlararo ilmiy tadqiqotlar va qo‘shma laboratoriyalar;
🔹 akademik hamkorlik;
🔹 tadqiqotlarni tijoratlashtirish;
🔹 yoshlar innovatsiyasi, startaplar va texnologiyalar;
🔹 universitet–sanoat hamkorligini kengaytirish.
Forum OTMlar o‘rtasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.