Gʻolib va sovrindor talabalar taqdirlandi.
Qoʻqon davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan “Talabalar oyligi” doirasida “Zakovat Quiz”, “Munozara” intellektual oʻyinlari, voleybol, mini-futbol, shaxmat sport bellashuvlari, “Quvnoqlar va zukkolar” hamda “Talabalar teatr studiyasi” kabi koʻrik-tanlovlar oʻtkazildi.
Bugun mazkur tanlovlarda zamon bilan hamnafas, yangidan-yangi gʻoyalar bilan har tomonlama faol boʻlgan, sport va boshqa yoʻnalishda oʻtkazilgan musobaqalarda gʻolib boʻlgan talaba-yoshlar bir joyga jamlandi.
Tadbirda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Ahmadjon Husanov, dekan oʻrinbosarlari, tyutorlar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tantanali tadbirda turli tanlovlarda gʻolib boʻlgan yoshlar eʼtirof etilib, pul mukofoti vaucherlari va sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Oʻtkazilgan tanlovlar talabalarga haqiqiy bayramona kayfiyat va unutilmas lahzalarni hadya qildi.