04 IyunIyunIyun 2026
11 ko'rishlar
🎓 USAT talabalari Turkiyada o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar
USATning 3 nafar talabasi Turkiyaning nufuzli universitetlaridan biri — Karadeniz Texnika Universitetida bir semestr davomida ta'lim olish imkoniyatini qo'lga kiritdi. 🎉
Talabalarimiz uchun rasmiy qabul xatlari yetib keldi va ular tez orada xalqaro akademik almashinuv dasturi doirasida yangi bilim, tajriba va imkoniyatlar sari yo'l oladilar. 🤝
1. Rixsiboyev Abdurahmon Shokirovich
2. Valiyeva Ruhshona Azimovna
3. Halilov Boburjon Po'latovich
Bu yutuq Fan va texnologiyalar universiteti talabalari uchun yaratilayotgan xalqaro imkoniyatlarning yana bir amaliy natijasidir. Bugun xorijiy universitetlarda ta'lim olayotgan talabalar safi tobora kengayib bormoqda.