TISU va NCUK qo‘shma dasturi
TISU va NCUK qo‘shma dasturi
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti hamda xalqaro miqyosda tan olingan Northern Consortium of UK Universities (NCUK) tashkiloti bilan hamkorlikda yangi qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yilganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz.
Mazkur hamkorlik talabalarga xalqaro standartlarga mos tayyorgarlik dasturi orqali dunyoning yetakchi universitetlarida tahsil olish imkoniyatini taqdim etadi.
Dastur doirasida talabalar quyidagi davlatlardagi nufuzli universitetlarga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar:
- Amerika Qo‘shma Shtatlari;
- Buyuk Britaniya;
- Kanada;
- Avstraliya;
- Yangi Zelandiya.
NCUK dasturlari bugungi kunda 70 dan ortiq universitetlar tomonidan tan olingan bo‘lib, ular orasida jahonning TOP-100 va TOP-200 universitetlari ham mavjud.Ushbu qo’shma diplom dasturi xalqaro pathway (tayyorlov) modeli asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, talabalarning xorijiy universitetlarga muvaffaqiyatli kirishini ta’minlashga qaratilgan.