Universitet rahbariyati va Janubiy Koreyaning “MODNI INTERNATIONAL” kompaniyasi direktori Eui Seob Song bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Universitet rahbariyati va Janubiy Koreyaning “MODNI INTERNATIONAL” kompaniyasi direktori Eui Seob Song bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.




Uchrashuvda prorektorlar G‘ulom Uzoqov, Zafar Chorshanbiyev, Ibrat Ismoilov hamda “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedra mudiri Otabek Omonov ishtirok etdilar.
Muloqot davomida universitetimizning ilmiy salohiyati, taʼlim yo‘nalishlari, xalqaro munosabatlar haqida maʼlumot berildi. O‘z navbatida, “MODNI INTERNATIONAL” kompaniyasi faoliyati xususida ham so‘z yuritildi.
Muzokaralar chog‘ida har ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lgan jihatlar muhokama qilindi. Hamkorlik istiqbollari belgilab olindi. Sunʼiy intellekt bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash, Koreya universitetlari bilan “2+2” qo‘shma taʼlim yo‘nalishini tashkil qilish, universitetda koreys tili o‘quv kursini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha kelishuvga erishildi.