13 SentabrSentabrSentabr 2024
37 ko'rishlar
Bugun Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2024-2025 o‘quv yilida chet el fuqarolarini bakalavriatda o‘qishi uchun qabul o‘tkazilmoqda.
Bu yil Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston va boshqa mamlakatlarning o‘nlab fuqarolari Qo‘qon davlat pedagogika institutida o‘qish istagida hujjatlarini topshirgan.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, xorijlik abituriyentlar institutga kirish imtihonlaridan ozod etiladi va suhbat asosida qabul qilinadi. Talabgorlar istaklariga ko‘ra, o‘zbek va rus tilida o‘qishlari mumkin.