WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
25 DekabrDekabrDekabr 2024 47 ko'rishlar

Bugun Qoʻqon davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.03/29.12.2022.Ped.132.02 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda "Pedagogik oliy taʼlimda tarix yoʻnalishi talabalarining digital kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi (Tarix va ijtimoiy fanlarni oʻqitish metodikasi fani misolida)” mavzusida tadqiqotchi Odiljon Sheraliyevning 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix) ixtisosligi doirasida pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi boʻlib oʻtdi.

Muhokamalar davomida tadqiqot ishi atroflicha tahlil etildi. Mavzu yuzasidan qizgʻin savol-javoblar boʻlib oʻtdi. Kengash aʼzolari dissertatsiyaning ilmiylik darajasi yuqori ekanligini qayd etishdi.

 

Ilmiy majlis yakunida kengash aʼzolari tomonidan Odiljon Sheraliyev pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga munosib ekani bir ovozdan maʼqullandi.

Boshqa yangiliklar