Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida "Xirurgiya va topografik anatomiya" yo‘nalishi bo‘yicha TALABALAR OLIMPIADASI bo‘lib o‘tmoqda!
“Xirurgiya va topografik anatomiya”
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida "Xirurgiya va topografik anatomiya" yo‘nalishi bo‘yicha TALABALAR OLIMPIADASI bo‘lib o‘tmoqda!
Mazkur olimpiada talabalarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.
Olimpiada davomida ishtirokchilar jarrohlik va topografik anatomiya fanlari bo‘yicha o‘z bilim va mahoratlarini namoyon etmoqdalar. Ushbu nufuzli tanlov talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, ilmiy izlanishlarga qiziqishini kuchaytirish va kelajakdagi tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
🏥 Ilm-fan yo‘lida raqobat, tajriba va muvaffaqiyat sari yana bir muhim qadam!
