24 OktabrOktabrOktabr 2025
65 ko'rishlar
Kasaba uyushmalari – 120 yil xalq bilan birga!
Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati bilan Qoʻqon davlat universitetida oʻqituvchilar oʻrtasida voleybol musobaqasi boʻlib oʻtdi. Musobaqa “Kasaba uyushmalari – 120 yil xalq bilan birga!” shiori ostida tashkil etilib, unda fakultet va bo‘lim jamoalari oʻzaro kuch sinashdilar.
Natijaga koʻra:
🥇 Sanʼatshunoslik va sport fakulteti jamoasi faxrli birinchi oʻrinni,
🥈 Rektorat jamoasi ikkinchi oʻrinni,
🥉 Maʼnaviyat jamoasi esa uchinchi oʻrinni egalladi.
Musobaqa ishtirokchilari sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, jamoalar oʻrtasida doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
Gʻolib jamoalar faxriy diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.