Professor-oʻqituvchilar uchun o‘quv seminarlar o‘tkazilmoqda
Qoʻqon davlat universitetida qishki ta’tili davrida professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy ta’lim yondashuvlarini joriy etish hamda ta’lim sifatini yanada takomillashtirish maqsadida universitetning barcha fakultetlarIda o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda.
Mazkur o‘quv-seminarlarda soha bo‘yicha malakali mutaxassislar tomonidan o‘quv dasturlarini dunyoning TOP-300 oliy ta’lim muassasalari ta’lim dasturlari asosida maqbullashtirish, ta’lim jarayonlarida sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish imkoniyatlari, kredit-modul tizimi asosida o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy mexanizmlari, HEMIS axborot tizimi bilan ishlash, uni amaliyotga to‘liq joriy etish masalalari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borilmoqda.