TDIU talabalari Rossiya Federatsiyasida bo‘lib o‘tayotgan tanlovda yarimfinal bosqichiga yetib keldi
Rossiya Federatsiyasi Federal soliq xizmati tomonidan Moskva shahrida tashkil etilgan “Xalqaro soliqqa tortish Intax-2023-2024” tanlovida MDH davlatlarining jami 40 ta oliy ta'lim muassasalaridan 150 dan ziyod jamoalari o‘z memorandumlari bilan ishtirok etdi.
Mazkur tanlovda jami 32 ta jamoa saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, g‘olib bo‘lgan
16 jamoa xalqaro soliqqa oid bilimlarini sinovdan o‘tkazish uchun Moskva shahriga bordi.
Jumladan, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining iqtidorli talabalaridan iborat jamoa
ham ushbu musobaqada ishtirok etib, hozirda yarimfinal bosqichiga yetib keldi.
Tanlov davomida talabalarimiz Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti hamda
Belorussiya davlat universiteti jamoalarini mag‘lub etib, 3-o‘rinda bo‘lib turibdi.
Yarimfinal bahslarida universitet talabalari Ural davlat yuridik universiteti bilan bellashadi.
Eslatib o‘tish joizki, Ural davlat yuridik universiteti jamoasi o‘tgan yili o‘tkazilgan
“Intax-2022-2023”tanlovida faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.