WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
20 AprelAprelAprel 2024 39 ko'rishlar

“TSUL Jessup” Jessup Mootning xalqaro raundlarida TOP-16 jamoa orasidan o‘rin oldi

Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi “Philip C. Jessup International Law Moot Court Competition — 2024” tanlovining Vashington shahrida (AQSH) o‘tkazilgan xalqaro raundlarida ishtirok etdi.

Xalqaro tanlovning birinchi raundlarida Sarvarxon Nosirxonov, Javohir Miraliyev, Muhammadali Rahmonov va Kumushxon Abdumutalimovadan iborat “TSUL Jessup” jamoasi AQSh, Germaniya, Indoneziya va Turkiya universitetlari jamoalari bilan bellashdi.

“TSUL Jessup” har bir raqib ustidan g‘alaba qozonib, 150 ta ishtirokchi jamoalar orasida eng yuqori ball to‘pladi va TOP-16 jamoa orasidan joy oldi.

Ma’lumot uchun: “Philip C. Jessup International Law Moot Court Competition — 2024” tanlovining xalqaro raundlarida 100 dan ortiq mamlakatdan jamoalar ishtirok etdi.

Boshqa yangiliklar