TDYUda “Taʼlim jarayonida sunʼiy intellekt: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi
Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura va sirtqi ta’lim fakultetining Umumta’lim fanlar va madaniyat kafedrasi tomonidan tashkil etilayotgan anjuman 30-aprel 10:30da TDYU 3-bino 221-xonasida boshlanadi. Xalqaro konferensiyada taniqli xorijiy ekspertlar, TDYU professor-o‘qituvchilari ishtirok etadi.
Xalqaro konferensiyada taniqli xorijiy ekspertlar, TDYU professor-o‘qituvchilari ishtirok etadi.
Konferensiya natijalari asosida ilmiy-amaliy materiallar to‘plami (tezislar) nashr etilishi rejalashtirilgan. Mazkur to‘plamda o‘z ilmiy ishlarini chop etishni istaganlar 15-mayga qadar ilmiy materiallarini Umumta’lim fanlar va madaniyat kafedrasi katta o‘qituvchisi Shohijahon Toshpo‘latov (@Socio_politologist Telegram manzili)ga yuborishi lozim.