02 MartMartMart 2026
18 ko'rishlar
Sussex Universiteti delegatsiyasi Osiyo Xalqaro Universitetida
Xalqaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilinib, strategik rejalar belgilab olindi. Uchrashuv Buyuk Britaniyaning University of Sussex professorlari ishtirokida o‘tkazildi.
Muloqot davomida inklyuziv ingliz tili ta’limini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli hamkorlik dasturlari yuzasidan fikr almashildi.
Muhokama qilingan asosiy yo‘nalishlar:
➡️ Inclusive English Language Teaching Leadership Training dasturlarini yo‘lga qo‘yish
➡️ Inclusive pedagogy bo‘yicha qo‘shma ilmiy tadqiqotlar
➡️ Professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish va capacity building dasturlari
➡️ Akademik mobillik va tajriba almashinuvini kengaytirish
➡️ Raqamli va adaptiv ta’lim texnologiyalarini joriy etish
✨ Mazkur tashabbus Osiyo Xalqaro Universitetining xalqaro nufuzini mustahkamlash hamda inklyuziv ta’lim sohasida yetuk mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.