Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari Polshada stajirovka o‘tashdi
UrDU Fizika-matematika fakulteti professor-o‘qituvchilari Polshaning nufuzli universitetlarida stajirovka o‘tib, ilmiy hamkorlik va tajriba almashish bo‘yicha muzokaralar olib bordilar.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti Fizika kafedrasi professor-o‘qituvchilari A. Atamuratov va A. Razzoqov, Matematik tahlil kafedrasi mudiri R. Sharipov, o‘qituvchi S. Iskandarov hamda Amaliy matematika va matematik fizika kafedrasi o‘qituvchisi D. Azimov Polsha Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalarida xizmat safarida bo‘lib, stajirovka o‘tashdi.
Safar davomida ular Sileziya texnologiya universiteti, Mariya Kyuri-Sklodovska universiteti hamda Belystok universitetida bo‘lib, professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdilar. Uchrashuvlar davomida ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma tadqiqotlar olib borish hamda tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.