UrDU va Istanbul universiteti: Hamkorlikning yangi va strategik bosqichi
UrDU rektori Istanbul universitetida bo‘lib, 2026-yilda o‘qituvchilar malakasini oshirish, yangi turk tili yo‘nalishini ochish va STEAM sohasida qo‘shma dasturlar yaratish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishdi.
Urganch davlat universiteti rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov va Istanbul universiteti prorektori N. Sakin o‘rtasidagi uchrashuvda 2023-yildan buyon davom etayotgan hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Kelishuvga ko‘ra, 2026-yilda 15 nafar UrDU olimlari Istanbulda malaka oshiradi, 10 nafar turkiyalik professor UrDUga ma’ruza uchun taklif etiladi. Shuningdek, 2026-2027 o‘quv yilidan UrDUda Turk tili filologiyasi yo‘nalishini ochish, STEAM va oziq-ovqat texnologiyalari bo‘yicha qo‘shma dasturlar joriy qilish hamda xalqaro tarixchilar konferensiyasini o‘tkazish rejalashtirildi.