UrDU va yaponiyalik olimlar sholichilik sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda
Yaponiyaning Nagoya universiteti professori Motoyuki Ashikari boshchiligidagi delegatsiya Urganch davlat universitetida bo‘lib, sholichilikda innovatsiyalar va tadqiqotchilar almashinuvi masalalarini muhokama qildi.
-
Bugun Yaponiyaning Nagoya universiteti professori Ashikari Motoyuki boshchiligidagi delegatsiya Urganch davlat universiteti hamda Respublika sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasi faoliyati bilan tanishish maqsadida viloyatimizga tashrif buyurdi. Tashrif davomida sholi yetishtirishning innovatsion texnologiyalari, xorijiy navlarni mahalliy iqlimga moslashtirish hamda magistrantlar va ilmiy tadqiqotchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, delegatsiya a’zolari Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti dekani S.Sadullayev hamrohligida Gurlan tumanidagi sholi dalalarida bo‘lib, amaliy tajriba jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.