WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
11 FevralFevralFevral 2026 11 ko'rishlar

UrDU va dunyo reytingida nufuzli Bosfor universiteti: Hamkorlik istiqbollari

UrDU rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov Turkiyaning nufuzli Bosfor universitetida bo‘lib, akademik almashinuv va ta’limga sun’iy intellektni joriy etish masalalarini muhokama qildi.

Urganch davlat universiteti rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov Turkiya respublikasidagi xizmat safari doirasida dunyoning nufuzli oliygohlaridan biri — Bosfor universitetiga (QS reytingida 371-o‘rin) tashrif buyurdi. Rektor yordamchisi, professor Fatih Usluer bilan o‘tkazilgan uchrashuvda o‘zaro akademik almashinuv, yetakchi professorlarni jalb qilish hamda talabalar uchun yozgi va qishki lagerlar tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ta’lim jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va UrDU talabalarini Bosfor universitetida tahsil olishga yuborish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Boshqa yangiliklar