20 AvgustAvgustAvgust 2026
9 ko'rishlar
UrDU delegatsiyasi Antalya Belek universitetiga tashrif buyurdi va hamkorlik shartnomasini imzoladi
UrDU rektori Feruza Madrahimova boshchiligidagi delegatsiya Antalya Belek universitetida uchrashuv o'tkazib, ta'lim va ilm-fan sohasida hamkorlik shartnomasini imzoladilar.
Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova, Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor Oybek Sotiboldiyev va Protokol xizmati rahbari Dilfuza Xajiyevalardan iborat delegatsiya Turkiyaga xizmat safari davomida Antalya Belek universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida universitet prorektori Mustafa Fadil Sözen hamda Kuzatuv kengashi raisi İlker Tuncay bilan samarali muloqot o'tkazildi. Muzokaralar yakunida ikki oliygoh o'rtasida o'quv va ilmiy yo'nalishlarda hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha shartnoma imzolandi.