UrDU va Ispaniya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi
Ispaniyada o‘tkazilgan O‘zbekiston va Ispaniya rektorlarining birinchi forumida UrDU rektori ishtirok etib, nufuzli universitetlar bilan strategik hamkorlik shartnomalarini imzoladi.
Joriy yilning 10-13-iyun kunlari Ispaniya Qirolligida O‘zbekiston va Ispaniya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining birinchi forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur xalqaro forumda Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova ishtirok etdi.
Forum doirasida rektor F.Madrahimova Ispaniyaning nufuzli Rey Xuan Karlos universiteti, Kadis universiteti hamda Saragosa universiteti rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi va hamkorlik shartnomalarini imzoladi. Ushbu kelishuvlar akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yish, ta’lim va ilm-fan sohasida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda universitetning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi.