UrDU professor-o‘qituvchilari Markaziy Osiyo bitiruvchilarining birinchi xalqaro forumida ishtirok etishdi
Toshkentda AQSH va O‘zbekiston iqtisodiy hamkorligiga bag‘ishlangan nufuzli mintaqaviy forum bo‘lib o‘tdi. Unda UrDU vakillari STEM, sun’iy intellekt va innovatsiyalar bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
28–29-mart kunlari Toshkent shahridagi “Hyatt Regency” mehmonxonasida “Iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash: AQSH, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo” mavzusida Markaziy Osiyo bitiruvchilarining birinchi forumi o‘tkazildi.
Mazkur nufuzli anjumanda Urganch davlat universitetining quyidagi professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etishdi:
-
F.Masharipova – Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti;
-
S.Palvanov va U.Salayev – Kompyuter injiniring va sun’iy intellekt kafedrasi katta o‘qituvchilari.
Forum dasturidan o‘rin olgan STEM, sun’iy intellekt, innovatsiyalar, biznes, energetika va turizm kabi yo‘nalishlardagi sho‘ba majlislari ishtirokchilarga yangi bilim va ko‘nikmalar egallash imkonini berdi. Tadbir yakunida ishtirokchilar uchun "Coca-Cola CCI Uzbekistan" zavodi hamda Islom sivilizatsiyasi markaziga maxsus ekskursiyalar tashkil etildi. Ushbu forum universitetimiz vakillari uchun xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.