UrDU o‘qituvchisi Hindistonning nufuzli huquq universitetida malaka oshirmoqda
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti o‘qituvchisi M. Aminova Hindiston hukumati tomonidan tashkil etilgan ITEC dasturi doirasida xalqaro huquqiy tajriba o‘rganmoqda.
Ayni kunlarda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti Huquq kafedrasi o‘qituvchisi M. Aminova Hindiston Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
U Hindiston hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan nufuzli ITEC (Indian Technical and Economic Cooperation) dasturi doirasida Jodhpur Milliy huquq universitetida o‘z malakasini oshirmoqda.
Stajirovka davomida ishtirokchilar quyidagi dolzarb yo‘nalishlarda xalqaro tajriba almashmoqdalar:
-
Zamonaviy huquqiy ta’lim tizimi;
-
Xalqaro va raqamli huquqiy jarayonlar;
-
Global huquqiy amaliyotning zamonaviy tendensiyalari.
Ushbu xalqaro dastur o‘qituvchimizning kasbiy mahoratini oshirish bilan birga, universitetimizda huquqshunoslik fanlarini o‘qitishda ilg‘or xorijiy uslublarni tatbiq etishga xizmat qiladi.