WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
12 AprelAprelAprel 2026 8 ko'rishlar

UrDU professori Chexiyada xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda

UrDU professori Muhabbat Salayeva Chexiyaning PIMT universitetida maktabgacha ta’limni boshqarish bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rganmoqda.

  • Urganch davlat universiteti Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi professori Muhabbat Salayeva Chexiya Respublikasidagi PIMT universitetining taklifiga binoan, joriy yilning 1-aprelidan 1-mayiga qadar xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda. Mazkur dastur doirasida professor Praga shahrida tashkil etilgan “Chexiya Respublikasida maktabgacha ta’limni boshqarish tajribasi” mavzusidagi o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda qatnashib, soha bo‘yicha ilg‘or tajribalar va zamonaviy yondashuvlarni o‘rganmoqda. Ushbu malaka oshirish dasturi pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda ta’lim tizimiga innovatsion xalqaro tajribalarni joriy etishga xizmat qiladi.


Boshqa yangiliklar