WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
09 IyunIyunIyun 2026 14 ko'rishlar

UrDU rektorining Xitoyga tashrifi mahalliy OAVlar e’tibor markazida bo‘ldi

Xitoyning nufuzli nashrlari va telekanallari Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimovaning Lyaonin pedagogika universitetiga tashrifi hamda Xivada xalqaro filial tashkil etilishi haqida xabar berishdi.

Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimovaning Xitoy Xalq Respublikasining Lyaonin pedagogika universitetiga amalga oshirgan xizmat safari Xitoyning yirik ommaviy axborot vositalari nigohida bo‘ldi. Mahalliy gazeta va nashrlar o‘z sahifalarida ikki oliygoh o‘rtasidagi strategik hamkorlik, Xiva shahrida xitoy universiteti filiali ochilishi hamda gumanitar sohadagi almashinuvlar haqida batafsil maqolalar chop etdi. Xususan, OAVda rektor F.Madrahimovaga "Faxriy professor" unvoni berilishi O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi do‘stlik va ishonchli hamkorlikning yuksak namunasi sifatida e’tirof etildi.

Boshqa yangiliklar