UrDU vakillari Italiyada: QUARTZ xalqaro loyihasi doirasida ta’lim sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi
Italiyaning L’Aquila universitetida O‘zbekiston OTMlarida ta’lim sifatini Yevropa standartlari asosida takomillashtirishga bag‘ishlangan xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda UrDU olimlari faol ishtirok etishdi.
Italiyaning L’Aquila universitetida QUARTZ (Quality Assurance Management and Training in Uzbekistan Education) xalqaro loyihasi doirasida koordinatorlarning 5-uchrashuvi tashkil etildi. Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va Yevropaning ilg‘or boshqaruv mexanizmlarini joriy etishdir.
Uchrashuv davomida quyidagi muhim masalalar muhokama qilindi:
-
Ichki sifat nazorati tizimini (IQA) Yevropa standartlari asosida takomillashtirish;
-
HEMIS tizimi orqali ta’lim shaffofligini ta’minlash va talabalar fikr-mulohazalarini o‘rganish;
-
Ta’lim jarayoniga zamonaviy raqamli texnologiyalarni tatbiq etish.
Mazkur tadbirda Urganch davlat universiteti nomidan O.Xo‘jayev, O.Allamov hamda U.Madaminovlar ishtirok etib, ta’lim sifati bo‘yicha xalqaro tajriba almashdilar. Tadbir yakunida ishtirokchilarga Yevropa sifat kafolati (QA) amaliyotlari bo‘yicha maxsus sertifikatlar topshirildi.