UrDU vakillari Hindistonda ITEC dasturi doirasida malaka oshirmoqdalar
Xorijiy filologiya fakulteti dotsenti L. Raximova va tayanch doktorant Sh. Matkarimova Hindiston hukumati granti g‘olibi sifatida gender masalalariga bag‘ishlangan xalqaro treningda ishtirok etishmoqda.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi dotsenti, f.f.b.f.d (PhD) L. Raximova hamda Qiyosiy tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti Sh. Matkarimova Hindiston Respublikasi hukumati tomonidan o‘tkaziladigan nufuzli ITEC (Indian Technical and Economic Cooperation) dasturi tanlovida g‘olib bo‘ldilar.
Hozirda ular ushbu dastur doirasida Hindistonda tashkil etilgan “International Training Programme on Gender Issues in the World of Work” (Mehnat faoliyatida gender masalalari bo‘yicha xalqaro o‘quv dasturi) kursida stajirovkada ishtirok etishmoqda. Mazkur trening xalqaro tajriba almashish, xotin-qizlarning mehnat bozoridagi o‘rni va huquqlarini o‘rganish hamda bu boradagi global tendensiyalarni tahlil qilish imkonini beradi.