UrDU vakillari “Xitoy–O‘zbekiston hududlararo hamkorlik” xalqaro forumida ishtirok etmoqda
Xitoyning Sian shahrida o‘tayotgan xalqaro forum va “Study in Uzbekistan” ko‘rgazmasida UrDU delegatsiyasi universitetning ta’lim va ilmiy salohiyatini keng namoyish etmoqda.
-
Ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining qadimiy Sian shahrida “Xitoy–O‘zbekiston hududlararo hamkorlik” xalqaro forumi hamda “Study in Uzbekistan” milliy ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur nufuzli tadbirda Urganch davlat universiteti nomidan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Alimardon Atamurotov hamda bo‘lim boshlig‘i Nosir Matyakubov ishtirok etmoqda.
Forum davomida xorijiy hamkorlar va talaba-yoshlarga UrDUda yaratilgan zamonaviy ta’lim muhiti, xalqaro aloqalar, innovatsion loyihalar va xorijiy talabalar uchun yaratilgan qulay sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda. Ushbu ishtirok universitetning xalqaro nufuzini oshirish va yangi strategik hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.