WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
18 IyunIyunIyun 2026 6 ko'rishlar

Xalqaro investitsiya forumi doirasida UrDU Xitoyning XCMG kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida UrDU, XCMG va Xuzhou texnika universiteti o‘rtasida "2+1+1" qo‘shma dasturi hamda dual ta’limni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha uch tomonlama shartnoma imzolandi.

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TIIF–2026) doirasida Urganch davlat universiteti, Xitoyning XCMG kompaniyalar guruhi va Xuzhou texnika universiteti o‘rtasida strategik uch tomonlama shartnoma imzolandi.
Mazkur kelishuvga ko‘ra, 2026-2027-o‘quv yilidan boshlab texnika va mashinasozlik yo‘nalishlarida "2+1+1" qo‘shma ta’lim dasturi ishga tushiriladi. Dasturning asosiy maqsadi — xalqaro standartlarga mos, yuqori amaliy ko‘nikmaga ega mutaxassislar tayyorlashdir. Bunda talabalarning dual ta’lim tizimi asosida ham nazariy bilim, ham bevosita ishlab chiqarishda amaliy tajriba olishlariga alohida e’tibor qaratilgan.

Boshqa yangiliklar