WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
26 AprelAprelAprel 2026 12 ko'rishlar

UrDU o‘qituvchisi Malayziyaning Sultan Idris ta’lim universitetida malaka oshirmoqda

Texnika fakulteti o‘qituvchisi Feruzbek Rahimov Innovatsion rivojlanish agentligi granti g‘olibi sifatida Malayziyada yashil iqtisodiyot va aqlli shaharlar yo‘nalishida tajriba o‘rganmoqda.

Urganch davlat universiteti Texnika fakulteti Qurilish kafedrasi o‘qituvchisi Feruzbek Rahimov Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritib, ayni paytda Malayziyada xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Hozirda u Malayziyaning nufuzli Sultan Idris ta’lim universitetida (UPSI) quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha malaka oshirmoqda:

  • Yashil iqtisodiyot;

  • Turizm va aqlli shaharlar (Smart cities);

  • Zamonaviy tadqiqotchilik metodologiyasi.

Ushbu xalqaro stajirovka ishtirokchilarga ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va qaytganidan so‘ng ushbu bilimlarni mamlakatimiz ta’lim hamda qurilish sohalariga tatbiq etish imkonini beradi.

Boshqa yangiliklar