WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
20 MayMayMay 2026 12 ko'rishlar

Portugaliyaning Bragansa politexnika universiteti bilan sport yo‘nalishida hamkorlik rivojlantiriladi

UrDU rektori Portugaliyaning Bragansa politexnika universiteti prorektori bilan uchrashib, sport sohasida ilmiy hamkorlik va Scopus bazasi uchun qo‘shma maqolalar tayyorlash masalalarini muhokama qildi.

Bugun Urganch davlat universitetiga Portugaliyaning nufuzli davlat oliy ta’lim muassasalaridan biri — Bragansa politexnika universiteti Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, professor Tiago Manuel tashrif buyurdi. Professorni universitet rektori Feruza Madrahimova qabul qildi. Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik aloqalarini, xususan, sport sohasi bo‘yicha ilmiy va akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar davomida Bragansa politexnika universiteti huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikda Scopus bazasidagi nufuzli jurnallar uchun ilmiy maqolalar tayyorlash hamda xalqaro ilmiy loyihalarni birgalikda amalga oshirishga kelishib olindi.

Boshqa yangiliklar