WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
26 IyunIyunIyun 2026 6 ko'rishlar

UrDU prorektori Xitoyda o'tayotgan Xitoy-Markaziy Osiyo yetakchi kadrlari kongressida qatnashmoqda

UrDU O’quv ishlari bo’yicha prorektori G’ayrat Raximov Sian shahrida o'tkazilayotgan Xitoy-Markaziy Osiyo kongressida ishtirok etmoqda.

Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida Xitoy-Markaziy Osiyo yetakchi kadrlari tadqiqot va almashinuv kongressi bo‘lib o‘tmoqda. Tashkilotchilar taklifiga ko‘ra, forumda Urganch davlat universiteti O’quv ishlari bo’yicha prorektori G’ayrat Raximov qatnashmoqda. Anjumanda Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan vakillar inson kapitalini rivojlantirish, yoshlar siyosati, ta’lim hamda ilmiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilmoqdalar. Dastur doirasida panel sessiyalari, davra suhbatlari va ilmiy markazlarga tashriflar uyushtirilib, akademil almashinuv hamda qo'shma loyihalarni yo'lga qo'yish imkoniyatlari ko'rib chiqilmoqda.

Boshqa yangiliklar