WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
08 AprelAprelAprel 2026 12 ko'rishlar

Malayziyada ayol olimalarning salohiyatini oshirishga bag‘ishlangan O‘zbekiston–Malayziya forumi bo‘lib o‘tdi

Melaka shahrida o‘tkazilgan xalqaro forumda UrDU rektori Feruza Madraximova ilm-fandagi ayollar roli haqida so‘zga chiqdi va malayziyalik hamkasbiga milliy sovg‘alar ulashdi.

 Malayziyaning Melaka shahrida “Innovatsiya va barqaror rivojlanishni taʼminlashda ayol olimalarning salohiyatini kuchaytirish: Oʻzbekiston – Malayziya oliy taʼlim hamkorligi” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oʻzbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gadoyev hamda ikki davlat OTMlari rektorlari ishtirok etib, ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va o‘zaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar. Forum yakunida Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madraximova Melaka texnika universiteti rektori Massila Binti Kamalrudinga samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirib, oʻzbek milliy choponini hadya qildi.

Boshqa yangiliklar