WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
10 IyunIyunIyun 2026 12 ko'rishlar

O‘zbekiston–Ispaniya rektorlar forumi: UrDUda ispan tilini o‘qitish masalalari muhokama qilindi

Forumning birinchi kunida UrDU vakillari Ispaniyaning Rey Xuan Karlos universiteti bilan yangi o‘quv yilidan ispan tili o‘qituvchilarini jalb qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdilar.

  • O‘zbekiston va Ispaniya OTMlari rektorlari forumining birinchi kuni o‘z yakuniga yetdi. Forum doirasida Urganch davlat universiteti Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i O.Sotiboldiyev va Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri N.Masharipova Ispaniyaning Rey Xuan Karlos universiteti mas’ullari bilan uchrashdilar.
    Muzokaralarning asosiy mavzusi — yangi o‘quv yilidan boshlab UrDUda ispan tilini ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish va bunga ispaniyalik mutaxassislarni jalb etish bo‘ldi. Forumning navbatdagi kunida universitet rektori Feruza Madrahimovaning Saragosa va Kadis universitetlari rahbariyati bilan strategik hamkorlik masalalarida muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.


Boshqa yangiliklar