WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
04 AvgustAvgustAvgust 2025 32 ko'rishlar

O’zJOKU JAMOASI JAMOAT XAVFSIZLIGI UNIVERSITETIDA

O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti jamoasi rektor, prof. dr. Sherzodxon Qudratxo'ja rahbarligida O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida jamoa universitetning ilmiy, amaliy, moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishdi.

Jamoat xavfsizligi universiteti mamlakatimizda xavfsizlik, huquq-tartibot va jamoat nazorati sohalarida yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan. Universitetda zamonaviy o‘quv tizimi joriy qilingan bo‘lib, nazariya va amaliy mashg‘ulotlar muvozanatda tashkil etilgan. Darslar interfaol metodlar, simulyatsiya va holatli tahlillar orqali o‘tkaziladi.

Universitet kampusi keng va zamonaviy infratuzilmaga ega. Fan va til o'rganish uchun maxsus laboratoriyalar – axborot texnologiyalari bilan jihozlangan, kursantlar xorijiy tillarni samarali o‘rganishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Amaliy mashg‘ulot maydonchasi – maxsus simulyatsiya uskunalari bilan jihozlangan.

Kursantlar uchun jismoniy tayyorgarlik yuqori darajada ta’minlangan. Zamonaviy sport zallari, trenojyorlar va maxsus jihozlar mavjud. Doimiy jismoniy mashg‘ulotlar va harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yilgan.

O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti o'rtasida o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha kelishib olindi.

Boshqa yangiliklar