WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
20 MartMartMart 2025 81 ko'rishlar

“Koʻklam quchogʻida” – Navroʻz shodiyonalari ko‘tarinki ruhda nishonlandi

Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakultetida bahorning eng go‘zal va kutilgan ayyomlaridan biri – Navroʻz bayrami munosabati bilan “Koʻklam quchogʻida” nomli tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu bayram shukuhi professor-o‘qituvchilar, talabalarni bir yerga jamlab, ularning qalbida bahoriy quvonch va iliq kayfiyat uyg‘otdi.

Bayram tadbirida siz olgan Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ahmajon Husanov, fakultet dekani prof. Nigoraxon Erkaboyevalar bahorning tabiatga va insonlarga baxsh etadigan go‘zalligi, yangilanish va ezgulik fasli sifatida Navroʻzning ahamiyati, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va anʼanalarimizning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni xususida so‘z yuritdilar.  

Tadbir davomida Navroʻz bayramiga xos milliy anʼanalar, urf-odatlar namoyish etildi. Talabalar tomonidan teatrlashtirilgan chiqishlar, jo‘shqin kuy-qo‘shiqlar va milliy raqslar ishtirokchilarga haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi.

Boshqa yangiliklar