Samarqand davlat pedagogika instituti prorektori Alibek Gapparov Xitoyda o‘tkazilayotgan xalqaro seminar-treninglarda ishtirok etdi
Samarqand davlat pedagogika instituti prorektori Alibek Gapparov Xitoyda o‘tkazilayotgan xalqaro seminar-treninglarda ishtirok etdi
Ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining Shenyan pedagogika universiteti hamkorligida “Vazirlik tizimidagi mutaxassis va talabalarni Xitoyda malakasini oshirish” grant loyihasi doirasida xalqaro seminar-trening tashkil etilmoqda. Unda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining rahbar xodimlari qatorida Samarqand davlat pedagogika instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Alibek Gapparov ham qatnashmoqda.
➡️ Shuningdek, Liaoning, Chansha hamda Syantan provinsiyalarida o‘tkazilayotgan “Ta’lim sohasidagi rahbarlarning boshqaruv kompetensiyalarini takomillashtirish” mavzusidagi seminar-treninglarda ham faol ishtirok etmoqda.
⏺️ Seminar-treninglar davomida ishtirokchilar ta’lim tizimini samarali boshqarish, strategik rejalashtirish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish, raqamli transformatsiya jarayonlari hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga oid ilg‘or tajribalar bilan tanishmoqda.
⏺️ Mazkur xalqaro loyiha oliy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini keng joriy etish hamda xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.