WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
22 AprelAprelAprel 2025 46 ko'rishlar

Nepalga tashrif

Jizzax davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi Nepalda!

Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti rektori Sh.Sharipov, ingliz tili nazaryasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti Bo’riyeva Nargiza, musiqa ta’limi kafedrasi o’qituvchisi Abilov Muslim, musiqa ta’limi kafedrasi magistrlari Mahkamova Marjona va  Ilhomov Azamat iborat JDPU delegatsiyasi 17.03.2025da Hindistonning Dehli shahriga yetib kelishdi. Safar davomida (17-23mart) Hindistonning Dehli hamda Nepal davlatlarining Katmandu shaharlariga tashrif  buyurildi.  Safarninng ilk kunidayoq (17-mart)  delegatsiya a’zolari  Hindistonning New Dehli shahrida joylashgan National Heart Institutiga tashrif  buyurishdi. Delegatsiya National Heart Instituti Xalqaro aloqalar derektori Dr. Anand Kumar boshchiligi xodimlar tomonidan kutib olindi. Uchrashuv davomida universitetimizda yaratilgan  ta’lim sohasidagi imkoniyatlar,  shar-sharoitlar, tibbiyot sohasida qilingan yangilik va  erishilgan yutuqlar hamda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan lohiyalar bilan yaqindan tanishildi hamda qizg’in muhokama qilindi. Tashrif so’ngida universitetdagi imkoniyatlar yuqori baholanib, o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish, aloqalarini  kengaytirish masalalari  keng ko‘rib chiqilib, National Heart Institute hamda JDPU o’rtasida  memorandum  imzolandi.  Kun davomida Maverick medicial simulation tashkilotiga ham tashrif amalga oshirildi. Tashhrif davomida O’zbekistonda ta’lim olish uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda sharoitlar haqida ma’lumot berildi.

Safar dasturi davomida Hindistonning  New Dehli shahrida joylashgan Entab tashkilotiga tashrifni amalga oshirilib, ikki tomonning ham ilmiy salohiyati va imkoniyatlari o’rganildi. Kelgusida Entab tashkiloti hamda JDPU o’rtasidagi o’zaro manfaatli shartnomalar tuzilishi kutilmoqda. National Heart Instituti Xalqaro aloqalar bo’yicha direktori DR. Anand Kumar hamkorligida universitet delegatsiyasi  18-mart kuni Dehlida joylashgan Hindiston davlatidagi yirik tibbiyot muassasalaridan biri hisoblangan Amrita school of medicine Faridabadga  tashrifni amalga oshirishdi. Tashrif davomida mezbonlarga universitet imkoniyatlari bilan keng tanishtirilib, kelgusida hamkorlik aloqalarini o’rnatish, o’zaro tajriba hamda loyiha almashinuvini yo’lga qo’yish muhokama qilishdi.  
 Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, professor Sh.Sharipov boshchiligidagi delegatsiya  joriy yilning 20-mart sanasida Nepal davlatining Katmandu shahriga tashrifni amalga oshirishdi.  Universitet delegatsiyasi Katmandu Universitetining Xalqaro aloqalar bo‘yicha direktori professor Dr.Uddhab Pyakurel tomonidan kutib olindi. Tashrifdan maqsad joriy yil O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan YUNESKOning 43-sessiyasi mazmun-mohiyati, o‘zbek madaniyati va san’atini Nepal davlatida keng targ‘ib qilish va Katmandu universiteti bilan o‘zaro hamkorlik  aloqalarini yo‘lga qo‘yishdan iborat vazifa yuklatilgan bo’lib, ushbu topshriq ijrosi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, nafaqat JDPUda balki O’zbekistonda bilim olish hamda malaka oshirish uchun  yaratilgan imkoniyatlar bilan keng tanishtirilib, JDPU va  Katmandu universiteti o’rtasida o’zaro talabalar, o’qituvchilar almashinuvini hamda uzoq yil hamkorlik qilish  ko’zda tutilgan   shartnoma tuzishga erishildi. 
Jizzax davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi  tomonidan joriy yilning 21-mart kuni Katmandu Universitetida O‘zbek madaniyati bilan bog‘liq bo’lgan milliy ko‘rgazma tashkil etildi.

Ko‘rgazmaga qiziqish bildirgan xodim, talaba va o’qituvchilar yurtimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, hayotning turli sohalarini qamrab olgan muhim o‘zgarishlar xususida ma’lumotlarga ega bo’lishdi. Ko’rgazma davomida ishtirokchilar uchun dasturxon yozilib, o’zbek milliy burchagi tashkil qilindi. Ishtirokchilar o’zbek milliy taomlarini tanavvul qilish bilan birgalikda O’zbekiston turizmi, sayyohlar hamda bilim olishga qiziqish bildiruvchilar  uchun yaratilga keng imkoniyatlar bilan tanishtirildi. Ko’rgazma qatnashuvchilari delegatsiya tomonidan ijro etilgan o’zbek milliy ashulalaridan bahramand bo’lishdi hamda ko’rgazma so’ngida ishtirokchilarga O’zbekiston milliyligini  eslatuvchi estalik sovg’alar ulashildi.     

 

Boshqa yangiliklar