WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
03 IyulIyulIyul 2026 17 ko'rishlar

Toshkent davlat yuridik universitet volontyorlari Xalqaro yosh intellektuallar forumida ishtirok etdi

Qirg‘izistonning Cho‘lpon-Ota shahrida 2026-yilda MDHda Sog‘liqni saqlash yiliga bag‘ishlangan Xalqaro yosh intellektuallar forumi bo‘lib o‘tdi. Forum yoshlar o‘rtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, volontyorlik harakatini qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda zamonaviy global muammolar yuzasidan o‘zaro tajriba almashish uchun muhim muloqot maydoniga aylandi.

Tadbir davomida ishtirokchilar sog‘liqni saqlash, yoshlar tashabbuslari va volontyorlik faoliyatining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rniga bag‘ishlangan taqdimotlar bilan chiqish qildi. 

Shuningdek, turli davlatlardan kelgan delegatsiyalar vakillari bilan uchrashib, yoshlar siyosati, volontyorlik harakatini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdi.
Forum doirasida tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy dasturlar ishtirokchilarga Cho‘lpon-Ota shahrining tarixiy va madaniy merosi bilan yaqindan tanishish, turli mamlakatlardan tashrif buyurgan tengdoshlari bilan do‘stona aloqalarni mustahkamlash hamda madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish imkonini berdi.

Boshqa yangiliklar