WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
30 MartMartMart 2026 6 ko'rishlar

“Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” sport musobaqalari g'oliblari taqdirlandi

“Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” sport musobaqalari g'oliblari taqdirlandi

Yoshlar o‘rtasida sportni rivojlantirish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda ta’lim tizimida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmati Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti hamkorligida “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” sport musobaqalari g'oliblari taqdirlandi. Musobaqaning final bosqichida Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, 30-maktab jamoasi 1-o'rinni qo'lga kiritdi. 2-o'rin Qoraqalpog'iston Respublikasi, Bo'zatov tumani 10-maktab jamoasiga nasib qildi. 3-o'rinni - Surxondaryo viloyati, Qumqo'rg'on tumani 42-maktab jamoasi egalladi. Musobaqa g‘oliblariga Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E'zozxon Karimova hamda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti ta'sischisi Jamshid Pardayevlar tomonidan musobaqa kubogi, medallar va sovg'alar tantanali ravishda topshirildi. J.Pardayevning jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda mazkur yo‘nalishda olib borayotgan samarali hamkorligi inobatga olinib, Sport vazirligi tomonidan “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi" ko‘krak nishoni topshirildi. Mazkur e’tirof — yoshlar kamoloti yo‘lida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarning yorqin ifodasidir.

 

Boshqa yangiliklar