WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
20 MartMartMart 2026 20 ko'rishlar

Buxoro davlat texnika universitetiga “Yoshlar kuni” doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida universitet talabalari bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Unda universitet rektori Sadoqat Siddiqova, Milliy bankning hududiy rahbari hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Uchrashuvda talabalar murojaatlari tinglanib, savollarga javob berildi. Shuningdek, “Kelajakka qadam” loyihasi doirasidagi ishlar va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi. Bandlik, startaplarni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yoshlar faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv ochiq muloqotni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Boshqa yangiliklar