WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
08 IyulIyulIyul 2026 5 ko'rishlar

Xalqaro akkreditatsiya universitetning global hamkorlik imkoniyatlarini kengaytiradi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining 10 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 10 ta magistratura mutaxassisligi Germaniyaning "ACQUIN" xalqaro akkreditatsiya va sifatni ta’minlash agentligi tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan o‘tdi.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining 10 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 10 ta magistratura mutaxassisligi Germaniyaning "ACQUIN" xalqaro akkreditatsiya va sifatni ta’minlash agentligi tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan o‘tdi. Mazkur xalqaro akkreditatsiya universitet ta’lim dasturlarining Yevropa va xalqaro sifat standartlariga muvofiqligini tasdiqlaydi hamda oliy o‘quv yurtining xalqaro maydondagi nufuzi va raqobatbardoshligini yanada oshiradi. Bu o‘z navbatida universitet uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Ya’ni xorijiy professor-o‘qituvchilar va olimlarni ta’lim va ilmiy faoliyatga kengroq jalb qilish, xorijiy talabalar sonini oshirish, talabalar va professor-o‘qituvchilarning Yevropa va boshqa davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan akademik almashinuv dasturlarida faol ishtirok etishiga zamin yaratadi. Shuningdek, xalqaro grantlar, ilmiy-tadqiqot loyihalari va xorijiy investitsiyalarni jalb etishda universitetning ishonchliligi va salohiyatini oshirish, bitiruvchilarning diplomlari va ta’lim natijalarining xalqaro miqyosda tan olinishi hamda ularning xorijda ta’limni davom ettirish yoki mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini kengaytiradi. Shu bilan birga universitetning xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamlash va yangi strategik hamkorlik aloqalarini rivojlantiradi. Ushbu yutuq universitet jamoasining ta’lim sifatini xalqaro talablarga mos ravishda takomillashtirish borasidagi izchil mehnati va samarali faoliyatining e’tirofidir.

Boshqa yangiliklar