WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
16 FevralFevralFevral 2026 5 ko'rishlar

Xalqaro tajriba almashish: yuridik sohada yangi istiqbollar

Sh.Esenov nomidagi Kaspiy davlat texnologiyalari va injiniring universiteti Yuridik kafedrasi mudiri, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Aueshova Bagdat Tilektesovna va kafedra katta o‘qituvchisi Kobegenov Gulmira Jedelbaevnalar Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Yuridik fakultetida bo‘ldi.

Sh.Esenov nomidagi Kaspiy davlat texnologiyalari va injiniring universiteti Yuridik kafedrasi mudiri, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Aueshova Bagdat Tilektesovna va kafedra katta o‘qituvchisi Kobegenov Gulmira Jedelbaevnalar Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Yuridik fakultetida bo‘ldi. Shu yerda universitet jamoasi bilan uchrashib suhbatlashdi. Dastlab mehmonlar universitetning xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori T.Nurimbetov bilan suhbatlashdi. Suhbat chog‘ida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Shundan so‘ng, mehmonlar Yuridika fakulteti kafedra mudirlari bilan uchrashib, o‘quv jarayonini takomillashtirish, o‘quv-uslubiy adabiyotlar yaratish, ilmiy maqolalar va loyihalar ustida hamkorlik qilish masalalarini atroflicha muhokama qildi. Tashrif doirasida talaba-yoshlar uchun mahorat darslari ham tashkil etildi.

Boshqa yangiliklar