07 AprelAprelAprel 2026
7 ko'rishlar
Yangi O‘zbekiston yoshlari - yangi g‘alabalar sari
Olmaliq shahrida sport va yoshlik ruhi uyg‘unlashgan ulkan voqea bo‘lib o‘tdi! Olmaliq davlat texnika instituti Konchilik fakulteti sport maydonida “Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi” ning tantanali ochilish marosimi yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbirni ochib berishda:📼 Ergash Orifjonovich — Olmaliq shahar hokim o‘rinbosari
📼 Ozod Xamidullayevich — O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‘mitasining Toshkent viloyati hududiy bo‘linmasi ijrochi direktori
o‘zlarining samimiy tilaklari bilan yoshlarni katta marralar sari ruhlantirdilar.
🇺🇿 Tadbir davomida Olmaliq shahar Mudofaa bo‘limi vakillari tomonidan namoyish etilgan sahnaviy chiqishlar esa barchaga unutilmas taassurot ulashdi — jasorat, vatanparvarlik va birlik ruhi yana bir bor namoyon bo‘ldi.
⭐ Bu olimpiada — nafaqat sport musobaqasi, balki:
✔️ yoshlar salohiyatini namoyon etish maydoni
✔️ sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi platforma
✔️ Yangi O‘zbekiston kelajagini qurayotgan avlodning kuchli signalidir
🔝 Oldinda esa — yangi rekordlar, yangi g‘alabalar va yangi qahramonlar!