Yoshlar — giyohvandlikka qarshimiz!
📌 HUDUDIY BOSQICH YAKUNLANDI — G‘OLIBLAR ANIQLANDI! ⭕️2026-yil 25-may kuni oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Yoshlar — giyohvandlikka qarshimiz!” Respublika ko‘rik-tanlovining hududiy saralash bosqichi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.rus, inglis, nemis, fransuz, ispan, soddalashtirilgan xitoy tiliga tarjima qilib ber
⭕️Mazkur tanlovda Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridagi barcha OTM jamoalari faol ishtirok etib, o‘z bilim va iqtidorlarini namoyon etdilar. 🎭 Ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bellashdilar: 🎬 Videoroliklar 🎨 Rasmlar 📝 Insholar 🎤 Sahna ko‘rinishlari ⭕️Har bir chiqish yoshlarni zararli illatlardan asrash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda giyohvandlikning ayanchli oqibatlarini ochib berishga qaratildi. ⭕️Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tgan tanlov yakunida: 🥇 1-o‘rin — O‘zMU Jizzax filiali 🥈 2-o‘rin — GULDU 🥉 3-o‘rin — JDPU 🏆 G‘olib jamoalar munosib ravishda Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar! ⭕️Ushbu natijalar — yoshlarimizning ongli tanlovi, sog‘lom hayotga bo‘lgan intilishi va giyohvandlikka qarshi qat’iy pozitsiyasining yorqin ifodasidir. ⭕️G‘olib jamoalarga Respublika bosqichida ulkan zafarlar tilaymiz!